Yangi mavsum – yuksak hosil sari muhim qadam!
2026-03-17 20:55:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumanida qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, bahorgi ekinlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi F. Umarov boshchiligida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda sohaning bugungi kundagi dolzarb vazifalari atroflicha tahlil qilinib, aniq rejalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda chigit ekish ishlariga mas’ul mutasaddilarning javobgarligini oshirish, har bir jarayonni puxta nazorat qilish hamda ishlarni uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi. Ta’kidlanganidek, har bir qarich yerga e’tibor – ertangi mo‘l hosilning poydevoridir.
Mutaxassislar tomonidan ilg‘or agrotexnologiyalar, xususan tomchilatib sug‘orish va plyonka ostida ekish usullarining samaradorligi alohida qayd etildi. Ushbu yondashuvlar natijasida ayrim maydonlarda 70–80 sentnergacha hosil olish imkoniyati mavjud. Joriy mavsumda tumanda 7835 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgani esa yuksak natijalar sari qat’iy intilayotganimizning yaqqol ifodasidir.




