35-maktab kutubxonasi boyitildi!
2026-03-14 20:20:00 / Yangiliklar
12-fevral kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati hokimi B. Zaripov G‘ijduvon tumanidagi 35-maktabga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Uchrashuv davomida yoshlarning startap loyihalari va takliflari tinglangan.

Bugun esa yoshlarning kutubxonani jahon adabiyotlari bilan boyitish haqidagi istagi amalga oshirilib, viloyat hokimi tomonidan 35-son maktab kutubxonasiga yangi kitoblar yetkazib berildi.
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i H. Jumayeva o‘quvchilar bilan suhbatlashib, o‘quvchi qizlarga omad tilab, kitoblarni taqdim etdi.
Yangi kitoblar o‘quvchilarimizning bilim olishi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.





