G‘ijduvon tumanida OAV vakillari ishtirokida tashkil etilgan press-tur davomida hududda amalga oshirilayotgan muhim ijtimoiy loyihalar bilan tanishildi.
2026-03-11 22:10:00 / Yangiliklar

Jurnalistlar yangi ochilgan gemodializ bo‘limi faoliyati, Tavariyon mahallasidagi ayollar bandligini ta’minlayotgan qurt ishlab chiqarish jarayoni, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasasidagi zamonaviy sharoitlar, Zarafshon daryosi bo‘yidagi dam olish maskani hamda Taxtaxon mahallasidagi issiqxona va dehqonchilik ishlari bilan yaqindan tanishib, tuman hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar va yaratilayotgan imkoniyatlarni e’tirof etishdi.









