Yashil kelajak sari bir qadam!
2026-02-28 09:30:00 / Yangiliklar
Gʻijduvon tumani 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yashil makon” loyihasi doirasida hududdagi maktab direktorlari va xodimlar ishtirokida daraxt ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Har bir ekilgan nihol — bu tabiatga mehr, kelajakka sarmoya va farzandlarimiz uchun toza muhit demakdir.
Bunday ezgu tashabbuslar yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirib, ularni tabiatga yanada mas’uliyatli bo‘lishga undaydi.
Kelajagimiz — o‘z qo‘limizda!









