G‘IJDUVONDA QONUNIYLIGI VA SHAFFOFLIK — USTUVOR MEZON.
2026-02-27 21:25:00 / Yangiliklar

27-fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari — Mavlyanov Umed Asliddinovich, boshqarma boshligi o‘rinbosari — Ergashev Azamatxon Joraxonovich, bosh inspektor — Rasulov Meronshox Rahimjon o‘g‘li boshchiligida yig‘ilishda tuman tashkilotlari rahbarlari va mas’ullar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar yuzasidan hisobotlar tinglandi, amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi va aniq vazifalar belgilab olindi, hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganidek, har bir rahbar va mas’ul o‘z faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlashi shartligi yana bir bor eslatildi.
Shuningdek, ishchi guruh tumanlararo perinatal markazi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 7-DMTT hamda 5-IDUM Xo‘jai Jahon savdo kompleksi faoliyati bilan tanishdi va ayrim kamchiliklar yuzasidan soha mutasaddilariga aniq topshiriqlar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — bu faqat nazorat emas, balki davlat xizmatida halollik, ochiqlik va shaxsiy mas’uliyatni ta’minlashdir, hurmatli Prezidentimizning yo‘nalishlariga muvofiq. Har bir rahbar va mas’ul fuqarolar ishonchini oqlashi shart.
G‘ijduvonda adolat — tamoyil, halollik — mezon, qonuniylik — ustuvor yo‘nalish. “Korrupsiyadan holi” hudud barpo etish sa’y-harakatlari qat’iy va izchil davom etadi.









