Mahallalarda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda zamonaviy axborot tizimlaridan samarali foydalanishni kengaytirish maqsadida Gʻijduvon tumanida 70 ta MFY raislari uchun “Raqamli mahalla” platformasi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
2026-02-19 11:05:00 / Yangiliklar
Tadbirda MFY raislari, tuman Mahalla uyushmasi xodimlari hamda “UNICON-SOFT” MCHJ Buxoro viloyati filiali Gʻijduvon tumani hududiy bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar davomida “UNICON-SOFT” MCHJ hududiy bo‘limi mutaxassisi Jalolov Sherzod so‘zga chiqib, “Raqamli mahalla” platformasining “Adliyaga murojaat” bo‘limini tushuntirdi. Ushbu bo‘lim orqali fuqarolarning huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, aniq kiritish, hujjatlarni biriktirish hamda vakolatli organlarga yo‘naltirish tartibi ko‘rsatib berildi.
Ishtirokchilarning savollariga javob berilib, tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.






