G‘IJDUVONDA 403 MLN DOLLARLIK SHAMOL ELEKTR STANSIYASI BARPO ETILMOQDA!
2026-02-19 15:30:00 / Yangiliklar

Qurilish ishlarini boshlashdan oldin mahalliy hokimlik, jamoatchilik hamda tegishli tashkilotlar bilan ochiq uchrashuvlar o‘tkazilib, loyiha maqsad va vazifalari, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda ekologik jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
117,49 gektar maydonda 39 ta shamol generatori o‘rnatiladi. Qorako‘l 500 kV liniyasiga ulanish uchun 1,5 km uzunlikda 500 kV havo elektr uzatish tarmog‘i qurilmoqda.Loyiha to‘liq ishga tushgach: Yiliga 1 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Yiliga 300 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.Soatiga 240 m³ quvvatga ega 2 ta beton ishlab chiqarish liniyasi tashkil etildi.
40 nafardan ortiq injener-texnologlar rahbarligida 620 nafardan ziyod mutaxassis va ishchilar faoliyat yuritmoqda.
Qurilish jarayoniga 85 ta maxsus texnika jalb etilgan. 10 tadan ortiq mahalliy korxonalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu yirik investitsiya loyihasi G‘ijduvon tumanining sanoat salohiyatini yanada mustahkamlab, yangi ish o‘rinlari yaratish va mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.









