G‘ijduvonda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
2026-01-24 15:00:00 / Yangiliklar

Seminarda tuman hokimi F. Umarov, BDU ma’rifat targ‘ibotchisi L. Olimov, “Asia Alliance Bank” viloyat bo‘limi boshqaruvchisi J. To‘rayev, Buxoro davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi xodimi S. Rajabov va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdilar.
Tadbirda shuningdek, tuman mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va mahalla nuroniylari faol qatnashib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini joylarda aholiga yetkazish yuzasidan muhim tushuntirishlarga ega bo‘ldilar.
Seminarni tuman hokimi F. Umarov ochib berdi. Viloyatdan kelgan mas’ullar so‘zga chiqib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari, shuningdek, Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni mahalla vakillariga batafsil tushuntirdilar.
Tadbir ko‘tarinki, ishchan va ruhlantiruvchi muhitda o‘tdi. Seminar joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqish va aholi o‘rtasida islohotlarning mazmun-mohiyatini yanada keng va tizimli tushuntirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.