G‘ijduvonda tarix va taraqqiyot uyg‘unligi.
2025-11-16 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan press-tur davomida tuman hokimi Sh.Ashurov boshchiligida OAV vakillari Abdulxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohini ziyorat qilib, Qorg’on turizm mahallasidagi bunyodkorlik ishlari hamda Narzullayevlar kulolchilik maktabidagi milliy san’at an’analari bilan tanishdilar. Ushbu tashrif G‘ijduvonning boy madaniy merosi va rivojlanib borayotgan turizm salohiyatini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.

