Qo‘qon davlat universitetining yangi rektori jamoaga tanishtirildi
2025-05-21 14:35:00 / Yangiliklar

Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Oliy ta‘lim, fan va innovasiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, oliygoh professor-o‘qituvchilari, nuroniylar, viloyatimizdagi oliy ta‘lim muassasalari rahbarlari, tegishli mas‘ullar ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, mamlakat kelajagi, barcha soha va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liqligini qayd etib, keyingi yillarda ta‘lim, xususan, oliy ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishilganini ta‘kidladi. Raqobatbardosh, salohiyatli kadrlarga talab yildan yilga ortib borayotganligini, bunda oliy ta‘lim muassasalarining o‘rni muhimligini bildirdi. Yillar davomida mazkur oliygoh miqyosida olib borilgan ijobiy ko‘rsatkichlarga to‘xtalgan viloyat hokimi yangi maqomga ega bo‘lgan universitet salohiyatini yanada oshirish kerakligini ta‘kidladi.
Yangi tayinlangan rektorga mas‘uliyatli lavozimda, oliygoh nufuzini jahon miqyosida ko‘tarishda va kelgusidagi faoliyatida omad va zafarlar tiladi.
Universitet professorlari va shahar faollari ham so‘zga chiqib, oliy ta‘lim tizimidagi islohotlar, zamonaviy yondashuvlar xususida so‘z yuritib, 3 ta o‘quv dargohi negizida tashkil etilgan Qo‘qon davlat universitetida ham bu kabi ijobiy ishlar bardavom bo‘lishiga ishonch bildirildi.
