Viloyatimizda turkiyalik investorlar hamkorligida zargarlik sanoati rivojlantiriladi
2025-05-08 21:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda turkiyalik sarmoyadorlar tashabbusi bilan viloyatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, investor Akin Yalchin tomonidan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi. Mazkur tashabbus doirasida viloyatda zargarlik sanoatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahsulotlar eksportini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ilgari surilgan loyiha taklifini tezroq amaliyotga tatbiq etish, mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish, mutaxassislar tayyorlash, ish o‘rinlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Viloyat hokimi zargarlik sohasidagi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi. Uchrashuvda turkiyalik investorlarni viloyatga jalb etish orqali yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham kelishib olindi.
