Quva tumanidagi "Karkidon" suv ombori hududida loyiha takliflari asosida dam olish maskanlarini barpo etish ishlari boshlandi.
2025-05-07 18:45:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi qurilish ishlari jadallik bilan olib borilayotganini ta’kidlab, loyihalar tadbirkorlar uchun ham manfaatli bo‘lishini alohida qayd etdi. Xususan, 4 gektar maydonda 57 ta kottej qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos arxitektura va dizayn yechimiga ega bo‘ladi.
Tadbir davomida el-yurtga tinchlik, boshlangan ishlarning xayrli va barakali bo‘lishini tilab, duolar qilindi. Qurilish ishlariga start berildi.
Ma’lumot o‘rnida, majmua hududida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Turizm markazining bosh rejasi doirasida mehmonxonalar, dam olish zonalari, avtoturargohlar, o‘yingohlar, amfiteatr hamda savdo va xizmat ko‘rsatish majmualarini joylashtirish ishlari davom etmoqda.
