VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV XITOYLIK INVESTORLAR BILAN UCHRASHDI
2024-10-22 14:20:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning xitoylik investorlar bilan uchrashuvida viloyatimizda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha navbatdagi muzokaralar o’tkazildi.
Uchrashuvda mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari, loyiha qiymati 30 mln. dollarni tashkil etishi, birinchi bosqichda 200 kishi, to’liq ishga tushirilgach, 2 000 kishi ishlashi to’g’risida xitoylik investorlar axborot berishdi.
Loyihani sanoat zonalariga joylashtirish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, loyihani amalga oshirish kabi masalalar bo’yicha “yo’l xaritasi” ishlab chiqish belgilandi.
