Farg‘onalik anorchilar qishda ham tabiiy meva bilan jahon bozorlariga chiqmoqda
2026-02-09 11:55:00 / Yangiliklar

Ahamiyatli jihati, yetishtirilgan anorlar qish faslida ham tabiiy usulda saqlanib, tashqi bozorlarga eksport qilinmoqda.
2025-yil yakuniga ko‘ra, tumanda 50 ming tonnaga yaqin anor hosili yetishtirilib, uning 25 ming tonnasi eksportga yo‘naltirildi.
Quva anorlari Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSH hamda Yevropa davlatlari bozorlarida xaridorgir mahsulot sifatida e’tirof etilmoqda. Tabiiyligi, ta’mi va uzoq saqlanish xususiyati uning raqobatbardoshligini oshirmoqda.
Daladan eksportgacha bo‘lgan jarayonlarda O‘simliklar karantini va himoyasi Quva tumani bo‘limi fitosanitariya davlat inspektorlarining xizmati katta bo‘lmoqda. Ular tomonidan anor yetishtirish, saqlash, qadoqlash va eksportga tayyorlash jarayonlarida fitosanitar qoidalarga rioya etilishi doimiy nazoratga olinib, mahsulotlarning xalqaro talablar asosida xavfsiz va sifatli holda eksportga chiqarilishi ta’minlanmoqda.


