Tadbirkorlar bilan navbatdagi muloqot o‘tkazildi
2026-02-07 18:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning amalga oshirilayotgan investitsion loyihalari, ularni kengaytirish bo‘yicha rejalari, shuningdek, ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar muhokama qilindi.
Muloqotda viloyatimizning shahar va tumanlarida faoliyat olib borayotgan 50 dan ziyod xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi. Ular o‘z loyihalari haqida ma’lumot berib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, eksport hajmini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov har bir istiqbolli loyihani tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqib, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Uchrashuv yakunida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash va hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.







