Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Furqat tumanida bo‘lib, mahallalar hayoti, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalari bilan tanishdi
2026-02-06 15:15:00 / Yangiliklar

Hududda tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish korxonalari hamda savdo va maishiy xizmat obyektlarini barpo etish, mahallaga zamonaviy qiyofa olib kirishga qaratilgan rejalar haqida ma’lumot berildi.
Viloyat rahbari mahallada ko‘p qavatli turar joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlarini barpo etish, drayver loyihalarni amalga oshirish, infratuzilmani yaxshilash orqali aholi uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi “Eshon” MFY hududida “Mebelchilar” kichik sanoat zonasi faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi.
Maydoni 2 gektarni tashkil etuvchi hududda 20 tadan ziyod loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati qariyb 32 milliard so‘mga teng ekani ma’lum qilindi.
Loyihalar doirasida 125 ta yangi ish o‘rni yaratish, shuningdek, 11 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Viloyat rahbariga hozirda bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportga yo‘naltirilayotgani aytildi.
Xayrullo Bozorov xorij bozorlari va tajribasini, xususan, Xitoy va Turkiya erishayotgan natijalarni o‘rganish orqali tashqi bozor imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi.








