Yaponiya kompaniyasi IT sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
2026-02-05 11:30:00 / Yangiliklar

Viloyat rahbari axborot texnologiyalari sohasini Farg‘ona viloyati iqtisodiyotining muhim drayverlaridan biri sifatida jadal rivojlantirish rejalashtirilganini ta’kidlab, bu borada Yaponiya tajribasi muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.
Masumaru Motoyasu kompaniyaning Farg‘onada filialini tashkil etish, shu orqali yoshlarni axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ish bilan ta’minlash masalalari xususida fikr bildirdi. Shuningdek, farg‘onalik yoshlarni kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va dasturiy mahsulotlar yo‘nalishlarida Yaponiyada malakasini oshirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.
Viloyat hokimi mazkur takliflarni qo‘llab-quvvatlab, “Stone System Co., Ltd” kompaniyasi filialini tashkil etish yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘lishini ta’kidladi.
Uchrashuvda hamkorlik bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ma’lumot uchun: “Stone System Co., Ltd” Yaponiyada faoliyat yurituvchi axborot texnologiyalari kompaniyasi bo‘lib, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, veb va mobil ilovalar yaratish, tizim integratsiyasi hamda IT-konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan.




