Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Wuhan Jinchihai Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026-02-03 18:05:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Wuhan Jinchihai Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida jamoat transporti sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi transport xizmat turlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda investorlar tomonidan Farg‘ona viloyatida birinchilardan bo‘lib elektromobil taksilar va elektrobuslarni olib kirish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. Ushbu tashabbus shahar va tumanlarda transport harakatidagi tirbandliklarning oldini olish, aholi uchun qulay va zamonaviy xizmat turlarini tashkil etishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Viloyat hokimi loyiha takliflarini qo‘llab-quvvatlab, mazkur loyihani aniq reja asosida qisqa fursatda amalga oshirish kerakligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi


