Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qurilish sohasida katta tajriba va salohiyatga ega tadbirkor Mirjalol Mirisupovni qabul qildi.
2026-01-31 18:20:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda viloyat hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘lami, sohaga zamonaviy me’moriy yechimlarni joriy etish hamda istiqbolli loyihalarda tadbirkorlarning ishtiroki masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari tadbirkorga viloyatning eng yirik va muhim qurilish maydonlari haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida tadbirkor Mirjalol Mirisupov qayd etilgan obyektlar bilan bevosita joyiga chiqqan holda tanishishi va o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichini o‘tkazishga kelishib olindi.


