Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning So‘xdagi o‘rganishlari Oftobru va Demursad MFYlarida davom etdi.
2026-01-16 21:35:00 / Yangiliklar
Tadbirkor Behzod Madalievning Oftobru mahallasida qurilgan inshooti bo‘yicha murojaati tinglanib, qonuniy hal etish chora-tadbirlari belgilandi.

Shu kuni viloyat rahbari mazkur mahallada yashovchi aholi xonadonlarida bo‘lib, sog‘ligini tiklash, uy-joyini ta’mirlash, bandligi kabi masalalarini o‘rgandi. Xususan, Rahimqul Irismatov xonadoniga kirilib, xolidan xabar olindi. O‘zi va nogironligi bo‘lgan oila a’zolarini sog‘ligi nazoratga olindi.
O‘rganishlar davomida kambag‘al va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘mak ko‘rsatish, daromad manbaini topish borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.






