Viloyat hokimi So‘x tumanida mahallalar hayoti va kambag‘allikni qisqartirish masalalarini o‘rgandi
2026-01-16 20:55:00 / Yangiliklar

Sharqobod MFYda tadbirkor Bahoyiddin Yusupov tomonidan barpo etilayotgan sport majmuasi ko‘zdan kechirildi. Loyiha hujjatlari bilan bog‘liq masalasi eshitilib, amaliy hal qilish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mazkur mahallada qo‘shimcha maktabgacha ta’lim tashkilotiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mazkur muammo nazoratga olindi.
Viloyat rahbari mahallada yashovchi Adhambek Akbarov xonadonida bo‘lib, bemor farzandi Zoxiraxondan xabar oldi. Uning sog‘ligini tiklash masalasida amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Shu kuni yana qator oilalarning yashash sharoitlari va muammolari o‘rganildi. Viloyat hokimi mutasaddilar va mahalla yettiligiga har bir oilaga alohida e’tibor qaratish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Kambag‘allikdan chiqarish, aholini daromad manbalari bilan ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.








