Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov So‘x tumanidagi o‘rganishlari davomida harbiy qismda bo‘lib, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
2026-01-16 20:15:00 / Yangiliklar
Shuningdek, mavjud sport inshootlariga atrofdagi mahallalar yoshlarini jalb etish, besh-olti yo‘nalishda sportchilar tayyorlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

-Armiya yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta maktabdir. Shu bois mahalla yoshlarini harbiy qism turli sport to‘garaklari bilan o‘ziga jalb etishi kerak. Harbiylarni ko‘rib ularda havas, vatanga muhabbat paydo bo‘ladi,-dedi viloyat hokimi.






