“Neftchi” futbol akademiyasi zamonaviy qiyofa kasb etmoqda
2026-01-13 07:25:00 / Yangiliklar

Ayni vaqtda akademiya hududida o‘quv binolari, yotoqxona, tibbiyot markazi, shuningdek, sun’iy va tabiiy maysali futbol maydonlari qurilishi bosqichma-bosqich yakunlanmoqda.
O‘rganish jarayonida viloyat rahbari akademiya faoliyatini xalqaro standartlar asosida tashkil etish muhimligini ta’kidlab, barcha ishlar sifatli va puxta bajarilishi lozimligini qayd etdi. Xususan, 100 o‘rinli yotoqxona, zamonaviy sport inshootlari, mashg‘ulot zallari hamda yosh futbolchilar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, quruvchi tashkilot vakillari hamda mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish, zamon talablari asosida jihozlash borasida tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.







