2025-yil yakuni hamda 2026-yilda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-01-10 15:30:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish avvalida Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’kidlangan yo‘nalishlar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
Jumladan, mamlakatimiz yoshlarini kasblarga o‘qitish, mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlar yetishtirish, ilg‘or xorijiy kompaniyalar bilan bu borada hamkorlik o‘rnatish xususida ham e’tiborga molik fikrlar aytib o‘tilgani qayd etildi.
Shundan so‘ng direktor o‘rinbosarlari bilan tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi, muammolarga yechim topish bo‘yicha mulohazalar tinglandi. Katta e’tiborni ta’lim sifatiga qaratish, ta’limga xorijiy ta’lim dasturlarini joriy qilish, to‘garaklar faoliyati, xususan, xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, texnikumlar moddiy texnika bazasini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kuchaytirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi masalalar izchil ko‘rib chiqildi, monitoring natijalari tahlil qilindi.
Shuningdek, dual ta’limni tashkil etish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni yuksaltirish, texnikumga qabul bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, o‘quvchilarning fan olimpiadalarida ishtirokini ta’minlash, IT markazlari faoliyati xususida tavsiyalar berildi, mas’ullarning fikrlari eshitildi.
Tadbir yakunida kelgusidagi rejalar belgilab olindi.



