Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Yao Guifangni qabul qildi
2025-12-30 20:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonda investorlar faoliyati uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, jumladan, Farg‘ona viloyatida shakllangan qulay investitsion muhit alohida e’tirof etilib, shu jihatdan Yao Guifang viloyatda muhim loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqishi borligini ma’lum qildi.
Yangi loyihalarni amalga oshirilishi natijasida ko‘plab ish o‘rinlari yaratilishi qayd etildi. Shu bilan birga ekologiya musaffolligini ta’minlash maqsadida loyiha doirasida “yashil hudud”lar yaratishga ham alohida e’tibor qaratilishi aytildi.
Viloyat hokimi loyihalarni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirib, ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini, ishlarni tezroq boshlash zarurligini ta’kidladi.
Hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.




