Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "Zitong House" kompaniyasi rahbari Yang Yongni qabul qildi
2025-12-30 20:45:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda mazkur kompaniya tomonidan viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyihalar muhokama qilindi.

Kompaniya rahbari Yang Yong qurilish, turizm, logistika, savdo-sanoat kabi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanligini ma’lum qilib, loyiha takliflari bilan tanishtirdi.
Viloyat hokimi loyihalarni qo‘llab-quvvatlab, mas’ullar biriktirilib, loyihalar bo‘yicha birgalikda ishlashni bildirdi.
Aniq “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikda ishlarni davom ettirishga kelishildi.


