Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘qon shahrida bo‘lib, qurilish hamda turizm konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga berilgan topshiriqlar ijrosi va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
2025-12-27 17:55:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘qon shahrida bo‘lib, qurilish hamda turizm konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga berilgan topshiriqlar ijrosi va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlab shaharda barpo etilayotgan “Yangi Qo‘qon” turar joy massivlaridagi qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi. Mutaxassislar bilan muloqotda ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tegishli mas’ullar ishtirokida shaharning turizm konsepsiyasi hamda uni yakuniga yetkazish masalalari muhokama qilindi.





