Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Sichuan Xidian Power Construction Co., Ltd” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Yuan Xun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
2025-12-25 21:10:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda viloyatimizda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Kompaniya vakillari energetika sohasida 20 yillik tajribasidan kelib chiqib, zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlarni joriy etish orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkinligi qayd etildi.
Viloyat rahbari aniq loyihalar asosida hamkorlikni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Yakunda tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.




