"Muruvvat" uyidagi bolalarga Prezident sovg‘alari topshirildi
2025-12-25 14:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, bu yerdagi bolajonlar va ularning tarbiyachilarini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida bolajonlarga Prezident sovg‘alari — bayramona sovg‘a to‘plamlari topshirilib, ularga ezgu tilaklar bildirildi. Tarbiyalanuvchilarning chiqishlari esa barchaga manzur bo‘ldi. Shuningdek, “Muruvvat” uyida yaratilgan shart-sharoitlar, bolalar ta’lim-tarbiyasi va sog‘lig‘ini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Ayni kunlarda mazkur muassasada 235 nafar bolalarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
Viloyat rahbari bolajonlar xolidan xabar olib, ularga sihat-salomatlik tiladi.
Bu kabi tadbirlar davlatimiz tomonidan ijtimoiy muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning baxtli va farovon kelajagini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir yaqqol namunasidir.







