Joriy yilda Farg‘ona viloyatida fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida 49,5 trln so‘mlik 6,5 mln tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi
2025-12-23 11:15:00 / Yangiliklar
Jumladan, 871 ming tonna don, 324 ming tonna paxta, 2,9 ming tonna pilla, 114 ming tonna sholi, 2,9 mln tonnadan ortiq sabzavot, poliz va boshqa mahsulotlar yetishtirildi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishida umumiy qiymati 2,2 trln so‘mlik 385 ta loyihalar ishga tushirildi.
Qishloq xo‘jaligida loyihalarni amalga oshirishda 100 mln dollarga yaqin xorijiy moliya institutlari mablag‘lari o‘zlashtirildi. Sohada 123 ming nafar aholining doimiy va mavsumiy ishlarda bandligi ta’minlandi.




