Tashabbus va natija: Quvasoy shahar 2-son sport maktabi faoliyati kengaydi
2025-12-11 11:55:00 / Yangiliklar

Mazkur munosabat bilan sport maktabida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar tomonidan mamlakatimizda sportga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoshlarimizning turli sport turlari bo‘yicha Osiyo va jahon chempionatlarida yuksak natijalarga erishib, Vatanimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda baland ko‘tarayotganliklari faxr va iftixor bilan tilga olindi. Shuningdek, quvasoylik sportchi yoshlarning ham nufuzli musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallab kelayotgani alohida e’tirof etildi.
Ramziy lenta qirqilib, sport maktabidagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Ushbu loyihalar sport maktabi infratuzilmasini yaxshilash, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish va ommaviy sportni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu kabi sharoitlar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, kelgusida xalqaro maydonlarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qiladigan chempionlar yetishib chiqishiga mustahkam zamin yaratadi.







