150 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning o‘qishi uchun to‘lov-kontraktlari to‘lab berildi
2025-12-11 11:15:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ehtiyojmand xotin-qizlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi qarori bilan «Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlangan.
2025/2026 o‘quv yilida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan 411 nafar talabgorlar nizom asosida ko‘rib chiqilib, 150 nafari ajratib olindi.
Viloyat hokimining farmoyishi bilan ularning to‘lov shartnomalari summalari to‘lab berildi.
