Farg'onada “Davlat siyosati va boshqaruvida zamonaviy texnologiyalar: nazariya va amaliyot” yo‘nalishida qisqa muddatli malaka oshirish kursi boshlandi
2025-12-10 18:55:00 / Yangiliklar

O‘quv kursining ochilishida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov ishtirok etib, mazkur malaka oshirish kursi barcha ishtirokchilar uchun nazariy va amaliy jihatdan yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish borasida foydali va samarali bo‘lishiga, bu jarayonda olingan bilim va amaliyotlar kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatli qarorlar qabul qilish, tashabbuskorlikni namoyon etish va jamoada yangicha ishlash muhitini yaratishda ko‘mak berishiga ishonch bildirdi.
Mazkur 24 soatlik o‘quv kursi davomida tinglovchilarga muzokaralar olib borish, vaqtni samarali boshqarish, sun’iy intellekt sohasidagi innovatsiyalar, dunyoning mafkuraviy manzarasi va jamiyatni ma’naviy tahdidlardan asrash, tashkilotda ish hujjatlarini yuritish, mediamenejment va rahbarning ma’naviy qiyofasi, liderlik, davlat xizmatida protokol va etiket qoidalari kabi mavzularida ma’ruzalar qilinadi va mashg‘ulotlar olib boriladi.
Malaka oshirish kursi 12-dekabr kuniga qadar davom etadi.




