Bir guruh qishloq xo‘jaligi fidoyilariga davlat mukofotlari topshirildi
2025-12-10 12:45:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda ushbu mukofotlar o‘z egalariga tantanali topshirildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tadbir ishtirokchilarini Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Sohada ilm-fan yutuqlarining keng joriy etilishi natijasida hosildorlik va manfaatdorlik izchil oshib borayotgani, mashaqqatli mehnat, omilkorlik, boy bilim va tajriba bunda muhim o‘rin tutayotganligi qayd etildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligida erishilayotgan salmoqli yutuqlar, ayniqsa, paxta va g‘allachilik sohalarida shakllangan ilg‘or tajriba e’tirof etildi. Qayta ishlash, logistika va eksport yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlanib, bugun viloyatda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 67 ta davlatga eksport qilinayotgani, bunga talab yildan-yilga oshib borayotgani ta’kidlandi.
Viloyat hokimi tizimda samarali mehnat qilib, yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan 8 nafar yurtdoshlarimizni tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq, omad va yangi zafarlar tiladi. Davlat mukofotlarini tantanali ravishda o‘z egalariga topshirdi.









