Yangi O‘zbekistonning barqaror energetikasi —kelajak sari quvvatli qadam
2025-12-05 15:35:00 / Yangiliklar

Uning doirasida O‘zbekiston tumanida barpo etilgan quvvati 300 MVtli yirik elektr energiyasini saqlash tizimi ham ishga tushirildi.
Mazkur tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi Asrorjon Asqarov, xorijiy kompaniya vakillari O‘zbekiston tumanidagi ishga tushirilgan korxonadan videokonferensiya orqali ishtirok etdi.
Mamlakatimizda Prezident tashabbusi bilan energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona viloyatida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston tumanidagi 15 gektar maydonda barpo etilgan umumiy qiymati 144 mln dollar bo‘lgan energiya saqlash batareya loyihasining ishga tushirilishi ham ushbu ishlarning amaliy natijasidir.
Ushbu ob’yektni loyihalash va qurilish-montaj ishlari Xitoyning “China Energy Overseas Investment Co.,Ltd” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.
Energiya saqlash batareya loyihasini 150 MVt (300 MVt soat) quvvatda ishga tushirish uchun “Sungrow” kompaniyasining 193 ta (2 MVt soat quvvatli) batareyalari o‘rnatildi. Shuningdek, ushbu stansiyani tarmoqqa ulash uchun “O‘zbekiston” podstansiyasiga 10 km (220 kV.li) tarmoq tortildi va 1 ta podstansiya qurildi.
Natijada O‘zbekiston energiya tizimining Farg‘ona vodiysi qismida quvvat yetishmovchiligi va tig‘izligi vaqtida 300 MVt soat quvvat bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi.
Akkumulyator stansiyasi to‘liq quvvatda ishga tushirildi. Natijada bir kunda ikki mahal 2 soatdan 150 MVt (300 MVt soat) sig‘imda elektr energiya zaxiralaridan tig‘iz vaqtlarda tarmoqni turg‘unlashtirish uchun foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Yangi loyiha elektr manbaiga ehtiyoj kamaygan kunduz va tungi paytlarda elektr tarmog‘iga ulanib, iste’moldan ortib qolgan elektr quvvatini ”ombor”ga yig‘adi va zarur bo‘lganda o‘sha “ombor”dan yana qayta tarmoqqa yetkazib beradi. Elektr energiyasini batareyada saqlash ayniqsa, qishda qo‘l keladi. Kunduzi yuklama past bo‘lgan vaqtda tizimni quvvatlantirish, yuklama yuqori bo‘lganda uni bo‘shatib, tizimdagi balansni saqlashga yordam beradi. Bu uning asosiy funksiyalaridan biri.
Bu jarayonlar viloyatimizda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish hamda energetika sohasida barqarorlikka erishish imkonini beradi.
Shuningdek, korxonada 25 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha viloyatning iqtisodiy salohiyatini yanada oshishiga hamda elektr energiya ta’minotini yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Shu kuni viloyat hokimi elektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi.









