Farg‘ona shahrida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
2025-12-03 15:40:00 / Yangiliklar
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Jasmin” tantanalar majmuasida bo‘lib o‘tgan tadbirga viloyatimizda yashovchi Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Afg‘onchilar uyushmasi, Chernobilchilar uyushmasi a’zolari, muruvvat uyi hamda maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilari taklif etildi.

Unda so‘z olgan viloyat hokimining o‘rinbosari Burhonjon Qo‘ldoshev Prezidentimizning imkoniyati cheklangan shaxslarga ko‘rsatayotgan e’tibori, g‘amxo‘rligi hamda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ayniqsa, buni doimo xis etib turgan nogironligi bor yurtdoshlarimizning faolligi va tashabbuskorligi, ular tayyorlayotgan hunarmandchilik mahsulotlari esa xaridorlar tomonidan yuqori baholanayotganligi alohida e’tirof etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga bayram sovg‘alari topshirildi.
Viloyatimiz san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.







