Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasi o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda
2025-12-02 16:35:00 / Yangiliklar

Boks sport turidan: Shahnozabonu Imomaliyeva, Ruxshonabonu Axadova oltin medal, Qumriniso Muhammadova, Ibrohimjon Karimov, Mohlaroyim Nabiyeva, Hojiakbar Boborahimov, Mushtariybonu Rustamova, Olloyorxo‘ja Anvarov, Mahmudjon Muhsinovlar esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Yunon-rum kurashi turidan: Oltin medal bilan Faxrikamol Komiljonov, Diyorbek Matxoliqov, bronza medaliga Behruzbek Valiyev, Qodirjon Fozilov ega chiqdi.
Yengil atletika turidan: Shodiyona Rahmonova oltin, Sardorbek Ma’murjonov, Qobiljon Rahmatovlar bronza medaliga munosib ko'rildi.
Taekvondo (WTF) turidan: Mohidil O'ktamjonova oltin, Sherxon Baxtiyorov, Azizbek Murodov va Mushtariybonu Bahodirova, Sherozbek Dadaboyev, Javoxirxon Xidoyatov, Mubina Akbaraliyeva, Farruxbek Ibrohimovlar bronza medali bilan taqdirlandi.
Og‘ir atletika turidan Munisaxon Abduraimova kumush medal sohibasi bo‘ldi. Erkin kurash turidan Ozodbek Alijonov esa 3-o‘rinni egallab, bronzani medalini qo‘lga kiritdi.









