Hududlarda atmosferaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni kamaytirish maqsadida reydlar davom etmoqda
2025-12-01 10:25:00 / Yangiliklar
Qo‘shtepa tuman ishchi guruh tomonidan olib borilgan reydlar davomida "Sarmozor" MFYdagi "Sharofiddinov Ismoil" dehqon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan issiqxonasiga filtr o‘rnatilmaganligi, qozonxona ishlatilmayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Birgina 30-noyabr kuni o‘tkazilgan tungi nazorat tadbirlari davomida viloyat bo‘yicha 20 dan ortiq issiqxonalar, 15 ta g‘isht va boshqa turdagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda 10 dan ortiq qurilish obyektlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.




