Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
2025-11-29 18:55:00 / Yangiliklar

Yuzma yuz muloqotda 40 dan ziyod tadbirkorning istiqbolli loyihalari bilan tanishildi, taklif va masalalari eshitilib, ularni hal etish chora-tadbirlari belgilandi.
"Qo‘qon" texnoparki hududida amalga oshirish ko‘zda tutilgan istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda tadbirkorlar qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, quruq mevalarni qayta ishlash, gazablok ishlab chiqarish, zargarlik savdo majmuasini qurish ishlarini jadallashtirish, bank krediti olish, elektr va gaz ta’minoti, ishlab chiqarish uchun joy olish bilan bog‘liq masalalarda murojaatlar qildilar. Ularning har biri tegishli mas’ul rahbarlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
"Bolalar va ayollar kiyimlarini eksport qilish bilan shug‘ullanamiz. Hozirda biz 100 ga yaqin ishchilarni ish bilan ta’minlaganmiz. Viloyat rahbariga hozirda ishimizni kengaytirish maqsadida yana yer so‘rab murojaat qildik va bu ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Yangi loyihaga ko‘ra yana 200 ta ish o‘rni yaratish niyyatimiz bor", - dedi tadbirkor Muhiddin Tillaboyev.
Uchrashuvda “Qo‘qon” texnoparkiga istiqbolli loyihalarni joylashtirish, shuningdek, hududlardagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Tadbirkorlarni taklif va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini hal etish chora-tadbirlari belgilandi.







