“Qo‘qon-1912” jamoasi sovrindorlar safida bo‘lish uchun kurashadi
2025-11-29 16:50:00 / Yangiliklar

Ushbu bahs oldidan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Qo‘qon shahrida jamoa murabbiylari va futbolchilari bilan uchrashdi.
Jamoaning joriy mavsumdagi O‘zbekiston Superligasidagi ishtiroki, qayd etayotgan natijalari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Bosh murabbiy Bahrom Haydarov qo‘l ostida chiroyli va muvaffaqqiyatli o‘yin ko‘rsatayotgan jamoa so‘nggi turlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazgani ta’kidlandi. Ertaga so‘ngi tur doirasida "Sug‘diyona" bilan kechadigan bahsda jamoa g‘alaba qozonishiga ishonch bildirildi.
Viloyat rahbari Farg‘onani O‘zbekistonni futbol poytaxtiga aylantirish maqsadi qo‘yilgani, shunga mos tarzda “Qo‘qon-1912” jamoasini sovrindorlar qatoriga olib chiqish, O‘zbekiston kubogini Qo‘qonga olib kelish kabi katta niyatlar borligini ta’kidladi.
Bu jarayonlarda jamoa puxta tayyorgarlik olib borishi, mehnat qilishi, shundagina har qanday ezgu maqsadga erishish mumkinligi aytib o‘tildi. Bundan tashqari,
O‘zbekiston va O‘rta Osiyodagi eng birinchi tashkil etilgan futbol jamoasi sifatida ham hamjihatlikda, birgalikda ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritish zarurligi qayd etildi.
Eng muhimi jamoa uchun barcha sharoitlar yaratilishi va munosib qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi.
Uchrashuvda kelgusidagi chora-tadbirlar kelishib olindi va viloyat rahbari jamoaga yana bir bor omad tiladi.









