Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda “Tartibga solish qumdoni” doirasida tashkil etiladigan kooperativlar orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi loyiha boshlandi.
2025-11-03 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

🔹Bugun, Adliya vazirligida ushbu loyihaning ("Navkat farovonlik markazi") taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda:
▪️Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi;
▪️Koreya Respublikasi va Latviya elchilari;
▪️KOICA direktori va uning o‘rinbosari;
▪️Buyuk Britaniya elchixonasi vakili;
▪️UNDP rahbari o‘rinbosari va boshqa xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
✅Tadbirda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Navkat qishlog‘ida tajriba loyihasi ishga tushirilib, “Navkat farovonlik markazi” kooperativi tashkil etilganligi ta'kidlandi. Kooperativ a’zolari teng huquqqa ega, faol ishtirokchilar uchun esa rag‘bat va chegirmalar tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Zaxira jamg‘armasi esa ta’lim, kasb o‘rgatish va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Ushbu markazda uchta asosiy toifaga e’tibor qaratadi:
🔺yoshlar (IT-yo‘nalishi);
🔺ayollar (tikuvchilik sanoati);
🔺ishsizlar (agrar ishlab chiqarish).
🔵Loyihadan kutilayotgan natijalar:
-birinchi bosqichda 135 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;
-har bir xonadon daromadini 30–40% ga oshirish;
-ishlab chiqarishni ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xarid qobiliyatini oshirish;
-o‘z-o‘ziga yordam, mehnat va kooperatsiya madaniyatini rivojlantirish;
-“Regulyativ qumloq” tajribasi asosida "Kooperativlar to‘g‘risida"gi qonunning yangi modelini qabul qilish;
-zamonaviy boshqaruv va shaffof tizimni joriy etish.
✅Ushbu loyiha qishloq kambag‘alligi muammosini hal qilishga qaratilgan strategik yondashuv bo‘lib, rivojlanish uchun barqaror iqtisodiy asos yaratadi. Bu loyiha orqali qishloq aholisi o‘z mehnati bilan farovon hayot sari qadam tashlaydi.









