Yoshlar siyosati
O'zbekiston Respublikasi Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini yuritish bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi PF-5106-son Farmoni asosida amalga oshiriladi.
Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan 2024 yil uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, ushbu dasturga muvofiq ishlar amalga oshiriladi.
Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi quyi tizimlarida jami 25 ta tashkilot mavjud bo'lib, ularda jami 120 ming 994 nafar xodim mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ularning 32 ming 44 nafarini 30 yoshgacha bo'lgan ishchi-xodimlar tashkil etadi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini ro'yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik yo'lga qo'yilgan (O'zbekiston yoshlar Ittifoqi, Respublika ma'naviyat-targ'ibot markazi). Xususan, "O'zbekiston geologlar milliy qo'mitasi" nodavlat notijorat tashkiloti bilan o'zaro hamkorlik memorandumi imzolangan.
Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni ta'minlash maqsadida maxsus fan, texnika to'garaklari va ijodiy to'garaklar, klublar tashkil etilgan. Xususan, tizimdagi "GIDROINGEO instituti" DMda "Yosh mutaxassislar kengashi" tashkil etilgan bo'lib doimiy ravishda faoliyat yuritib keladi.
Yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga bo'lgan intilishni va sportga bo'lgan qiziqishini rag'batlantirish yuzasidan sport inshoatlari bilan shartnoma asosida mini futbol, stol tennisi, voleybol turlari bo’yicha doimiy ravishda musobaqalar tashkil etib kelinadi, shu bilan bir qatorda tizimosti korxonalarida sport xonalari tashkil etilgan.
Yoshlarga oid davlat siyosatini ro'yobga chiqarishda tuzilma tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali yoritib boriladi.
O'zbekiston Respublikasi Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi yoshlar yetakchisi – Xasanov Mirzobek Murotovich
Aloqa raqami: (+998 71) 256-08-62
Elektron manzil: m.m.xasanov@gmail.com, info@uzgeolcom.uz