Geologiya-qidiruv ishlari
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi 315-sonli qaroriga muvofiq Davlat geologiya qo'mitasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan.
yer qa'rini geologik o'rganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
respublikaning mineral-xom ashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, Nodir, kamyob metallar va uranning mineral-xom ashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral xom ashyoning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash;
geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxirasi o'sishini ta'minlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xom ashyo bazasini qayta to'ldirish;
geologik o'rganish va foydali qazilmalar konlarini sanoat yo'li bilan o'zlashtirish sohasida faol investisiya siyosatini yuritish va qulay investisiya iqlimi yaratish;
raqobatbardosh mahsulotlar bo'yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoatda faoliyat ko'rsatayotgan tarmoqlarning xom ashyo manbalarini diversifikasiyalash bo'yicha takliflar tayyorlash;
mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta to'ldirishning uzoq muddatli, o'rtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini ta'minlash, yer qa'rini geologik o'rganish metodikasini o'rganish natijalari hajmi, sifati va ishonchliligini xolisona baholash;
yer qa'rini geologik o'rganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral, termal, sanoat yer osti suvlari), mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik ta'minlashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qa'ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
unumdorligi yuqori bo'lgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilg'or texnika va innovasion texnologiyalar bilan ta'minlash hisobiga geologiya tarmog'ini modernizasiyalash bo'yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish.