“Гиёҳвандлик — умр заволи”
2026-03-04 14:05:00 / Маънавият ва маърифат

⚡️Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” imkoniyatlaridan keng foydalangan holda “Giyohvandlik — umr zavoli” shiori ostida 2-kun sahna ko‘rinishlari bellashuvi o‘tkazildi.
🎭 Ushbu bellashuvning 2-kunida:
- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
- TATU Samarqand filiali
- TDIU Samarqand filiali
- Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiti
- Kattaqo‘rg‘on pedagogika instituti
- SamDAQU jamoalari bellashishdi.
🏆Bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining “Humo” teatr jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, g‘olib deb topildi. Jamoa a’zolari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




