Давлат дастурлари ижроси тўғрисидаги маълумотлар
“Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni va u bilan tasdiqlangan Davlat dasturining Ichki ishlar vazirligiga tegishli bandlari ijrosini taʼminlash boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi boʻyicha Ichki ishlar vazirligiga 2 ta topshiriq (amaliy tadbirlar rejasi) boʻyicha asosiy ijrochi sifatida belgilanib, ularning ijrosini sifatli va oʻz muddatida taʼminlash maqsadida 3 ta maqsadli koʻrsatgichlar belgilangan.
Shundan, IIV Tergov departamenti 1 ta band amaliy tadbirlar rejasi asosiy, uning ijrosini taʼminlash boʻyicha 1 ta band maqsadli koʻrsatkichlar, IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati 1 ta band amaliy tadbirlar rejasi asosiy, uning ijrosini taʼminlash boʻyicha 2 ta band maqsadli koʻrsatkichlar.
I. Farmoning 10-ilova 20-bandida (amaliy tadbirlar rejasi)
Avtomobil yoʻllarida transport vositalarini erkin va xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida Respublika boʻyicha barcha tartibga solingan chorrahalarga intellektual transport tizimlarini oʻrnatish
va yagona raqamli boshqaruv tizimi joriy etish vazifasi yuklatilgan. Muddat 2025-yil davomida.
Ushbu band ijrosi yuzasidan 2025-yil 20-martda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan “Telecom soft” MCHJning hamkorlikdagi 2025-yil yakuniga qadar avtomobil yoʻllarida transport vositalarining erkin
va xavfsiz harakatlanishini taʼminlash, Respublika boʻyicha barcha tartibga solingan chorrahalarga intellektual transport tizimlarini oʻrnatish va yagona raqamli boshqaruv tizimi joriy etish doirasida, avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini aniqlaydigan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qilish kompleks dasturiy-texnik vositalari, aqlli svetoforlar va qoidabuzarliklarni qayd etishga moʻljallangan zamonaviy texnik vositalarni bosqichma-bosqich oʻrnatish boʻyicha Reja jadval tasdiqlandi.
Rejaga asosan, joriy yil davomida respublikadagi chorrahalarga 1 123 ta intellektual transport tizimlarini oʻrnatish va 1 125 ta foto va video qayd etish vositalarini oʻrnatish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi:
344 ta chorrahalarga yangi zamonaviy svetoforlar oʻrnatildi;
Maʼlumot uchun: Toshkent shahar 85ta, Samarqandda 128 ta, Jizzaxda 20 ta, Andijonda 61ta, Qashqadaryoda 24 ta, Namanganda 10 ta, Buxoroda 10 ta, Toshkent viloyatida 6 ta.
Shundan, 252 ta svetoforlarga boshqariluvchi kontrollerlar oʻrnatilib, intellektual transport tizimlari ishga tushirildi;
Maʼlumot uchun: Toshkent sh 57 ta, Toshkent vil 7 ta Samarqand 61 ta, Jizzax 20 ta, Andijon 61 ta, Qashqadaryo 26 ta, Namangan 10 ta, Buxoro 10 ta.
244 ta chorrahaga qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar oʻrnatildi;
Maʼlumot uchun: Toshkent sh 51 ta, Toshkent vil 14 ta Samarqand 50 ta, Jizzax 20 ta, Andijon 61 ta, Qashqadaryo 26 ta, Buxoro 11 ta, Namangan 11 ta;
153 ta chorrahadagi kameralar sinov rejimiga oʻtkazildi;
Maʼlumot uchun: Toshkent sh 10 ta, Toshkent vil 15 ta, Jizzax 8 ta, Buxoro 11 ta, Samarqand 56 ta, Andijon 11 ta, Qashqadaryo 31 ta, Namanganda 11 ta.
179 ta chorrahadagi kameralar esa toʻliq ishga tushirildi;
Maʼlumot uchun: Toshkent sh 29 ta, Toshkent vil 7 ta Samarqand 36 ta, Jizzax 19 ta Andijon 57 ta, Buxoro 10, Qashqadaryoda 20 ta, Namanganda 1 ta.
Hozirda 247 ta chorrahada qurilish ishlari olib borilmoqda;
Maʼlumot uchun: Toshkent shahrida 57 ta, Fargʻona viloyati 21 ta, Buxoro viloyati 51 ta, Xorazm viloyati 24 ta, Sirdaryo viloyati 15 ta, Qashqadaryo viloyati 2 ta, Andijon viloyati 12 ta, Navoiy viloyati 18 ta, Samarqand viloyatida 31 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 16 ta
II. Farmonning 10-ilova 21-bandi (amaliy tadbirlar rejasi)
Farmonning 10-ilova 21-bandida Tergov faoliyati ustidan nazoratni elektron shaklda olib borish imkonini beruvchi raqamlashtirilgan tizim yaratish vazifasi yuklatilgan. Muddat 2025-yil noyabr.
Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagilar amalga oshirilgan:
Jumladan, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarlari Z.K. Kurbanov va R.A. Ashropov, “Uzinfocom” Yagona integrator – Korporativ tizimlarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha direktori T.M. Madraximov hamda mutaxassislar ishtirokida tezkor yigʻilish oʻtkazilib, tizimni yaratish uchun bir qator ustuvor yoʻnalishlar belgilab olingan.
Tergov departamenti va mutaxassislar ishtirokida tashkil etilishi rejalashtirilgan tizimning sxemasi tuzilib, konsepsiyasi ishlab chiqilgan. IIV hamda Uzinfocom masʼul xodimlari tomonidan tizimning texnik topshirigʻi ishlab chiqilib, tizimni yaratuvchi tashkilot boʻyicha ishlar amalga oshirilib, sarf xarajatlarni aniqlash boʻyicha bozor narxi oʻrganilgan.
02.03.2025-yilda “E-Tergov” axborot tizimining konsepsiyasi kelib chiqib, tizimni yaratishga ketadigan sarf xarajatlar miqdorini hisob-kitob qilish maqsadida Uzinfocom MCHJ bilan aloqa xatlari almashilgan.
“E-Tergov” axborot tizimida pochta joʻnatmalarini elektronlashtirish hamda protsess ishtirokchilariga yuborilishi lozim boʻlgan xat va xabarlarni onlayn yuborish maqsadida “Oʻzbekiston pochtasi” AJ bilan integratsiya ishlarini amalga oshirish maqsadida 25.04.2025-yilda aloqa xati yuborilgan.
Vazirlik rahbariyati hamda axborotlashtirish bozoridagi takliflarni inobatga olib, “E-Tergov” axborot tizimi ishlab chiqish “Telecom soft” MCHJ bilan kelishilib, “E-Tergov” axborot tizimining texnik topshirigʻi ishlab chiqilib, IIV sohaviy xizmatlari bilan kelishilib, imzolangan.
Jinoyat ishlari boʻyicha maʼlumotlarni toʻliq olish maqsadida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish maqsadida Vazirlik rahbariyati nomidan ariza imzolanib yuborilgan.
“E-Tergov” tizimini sud va prokuratura organlari bilan integratsiya qilish masalasi boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazilib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olingan.
Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan “Raqamli prokuratura 2030” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasiga koʻra, tergov organlari ustidan nazoratni amalga oshirishga yordam beradigan hamda elektron jinoyat ishini oʻz ichiga qamrab olgan axborot tizimini yaratish rejalashtirilganligi, shu bois, kelgusida tizimlar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni hamda pul mablagʻlarini behuda sarflanishini oldini olish maqsadida IIV hamda Bosh prokuraturaning masʼul xodimlari uchrashib, axborot tizimini hamkorlikda ishlab chiqib, tergov organlariga joriy etish belgilandi.
Shunga asosan, 25.08.2025-yilda Bosh prokuratura hamda IIV rahbariyati tomonidan “E-Tergov” axborot tizimining yangi texnik topshirigʻi tasdiqlanib, oʻrnatilgan tartibda DXX Kiberxavfsizlik markazi DUKdan ekspertizadan oʻtkazishlik uchun yuborilgan.
IIV va Bosh prokuratura tomonidan “E-Tergov” axborot tizimini hamkorlikda ishlab chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga 12.09.2025-yilda axborot xati kiritilgan.
“E-Tergov” axborot tizimi Bosh prokuraturaning tashabbusi bilan prokuratura organlarining dasturchilari tomonidan ishlab chiqilib, tergov faoliyatning xususiyatlaridan kelib chiqib, Bosh prokuraturaning serverlarida joylashtirilishiga kelishildi.
Hozirda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot xati kiritilib, ijro.gov.uz axborot tizimidan Davlat dasturining mazkur bandini nazoratdan olish uchun zaruriy maʼlumotlar kiritilgan.
III. Farmoning 12-ilova 22-bandi (maqsadli koʻrsatkichlar)
Farmonning 12-ilova 22-bandida sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini 2025-yil yakuniga qadar 1 barobarga oshirish vazifasi yuklatilgan. Muddat 2025-yil davomida.
Ushbu band ijrosi boʻyicha “Elektron jinoiy-huquqiy statistika axborot tizimining” “Protsessual majburlov choralari” platformasi orqali tergovchi va surishtiruvchilar tomonidan jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash boʻyicha iltimosnomani sud organlariga elektron tarzda yuborish imkoniyati yaratildi.
Bu orqali shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash protsessual harakatini masofadan oʻtkazish imkoniyati yaratilib, bugungi kunga qadar ushbu tizim orqali 16 281 ta ta iltimosnomalar yuborildi.
Maʼlumot uchun: Toshkent shahrida – 3 810 ta, Toshkent viloyatida – 2 215 ta, Samarqandda – 1 887 ta, Fargʻonada – 1 309 ta, Namanganda – 1 201 ta, Andijonda – 1 096 ta, Surxondaryoda – 797 ta, Qashqadaryoda – 758 ta, Buxoroda – 655 ta,
Navoiyda – 491 ta, Xorazmda – 482 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 447 ta, Sirdaryoda – 429 ta, Jizzaxda – 365 ta, Tergov departamentida – 246 ta, Transportda – 93 ta.
IV. Farmoning 12-ilova 23-bandida (maqsadli koʻrsatkichlar) Aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar oʻtish yoʻlaklarini 2025-yil davomida 20 foiz miqdorini svetoforlar bilan toʻliq jihozlash belgilangan. Muddat 2025-yil yakuniga qadar.
Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar, tuman (shahar)lar markazlaridagi koʻchalar, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ushbu tuman (shahar)lar markazlari chegarasi ichidan oʻtgan hududiy ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalari xizmat koʻrsatish hududiga qarashli 2 659 ta tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylari mavjud. Shundan, 2024-yilda 978 ta tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylari (chorrahalardagi piyodalar oʻtish joylari bilan) svetofor qurilmalari bilan jihozlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi “Yoʻl harakati qoidalariga piyodalar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 805-son qarori talablari asosida shahar va tumanlar markazidagi 320 ta tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylarida “Baland piyodalar oʻtish joylari” (Qavariq) tashkil qilish belgilangan,shundan, 320 ta tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylarida “Baland piyodalar oʻtish joylari” tashkil qilindi.
Shahar va tumanlar markazidagi qolgan 1 361 ta tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylarining 20 foizi, yaʼni 272 tasi 2025-yil davomida svetofor qurilmalari bilan jihozlanishi rejalashtirilgan boʻlib, joriy yilning oʻtgan davrida 240 ta (chorrahalardagi piyodalar oʻtish joylari bilan) tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylari svetofor qurilmalari bilan jihozlandi.
IV. Farmoning 12-ilova 27-bandida (maqsadli koʻrsatkichlar)
2025-yil yakuniga qadar Jiddiy oqibatlar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarini kamida 50 foizga kamaytirishga erishish. Muddat 2025-yil yakuniga qadar.
Maʼlumot uchun: Yoʻl infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 21 266 dona yangi yoʻl belgilari oʻrnatildi, 9 262 dona yaroqsiz holga kelganlari yangilandi, 576 dona yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatildi, 167 ta svetofor obyektlari qurildi, 172 tasi rekonstruksiya qilindi, 3 mln 099 ming m2 yoʻl yotiq chiziqlari chizildi;
Qarama-qarshi yoʻnalishga chiqish bilan bogʻliq YTHlarni oldini olish maqsadida 208 ming km muhofaza toʻsiqlar oʻrnatildi.
Piyodalar bilan bogʻliq YTHlarni oldini olish maqsadida 876 ta maktablar oldida tezlikni cheklovchi yoʻl belgilari, 97 ta tugmachali piyodalar svetoforlar (EMB tomonidan) oʻrnatildi, 383 km trotuar (Avtoyoʻl tomonidan) qurildi, 2 980 tadan ortiq piyodalar oʻtish joylarida yoʻl chiziqlari yangilandi.
Respublika boʻyicha 76 ta avariya oʻchoqlari aniqlanib, ulardan 67 tasi bartaraf etildi.
Maʼlumot uchun: Avariya oʻchoqlarining yuzaga kelishiga asosan piyodalar oʻtish joylari va xavfli burilishlar yoritilmaganligi hamda yoʻllarda muhofaza toʻsiqlar oʻrnatilmaganligi sabab boʻlgan.
Bolalarda yoʻl harakati qoidalari koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida:
2 491 ta maktabda yoʻl harakati qoidalari sinfxonalari, 845 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish maydonchalari tashkil etildi.
Qoʻpol qoidabuzarlar bilan kurashishga qaratilgan maxsus reydlarda jami 5 mln 712 ming (shundan 1 mln 616 ming qoʻpol) qoidabuzarliklar aniqlandi, 650 323 ming transport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi.
Jumladan, 28 968 ta avtomobilni mast holda boshqarish, 9 644 ta qarama-qarshi harakatlanish, 78 245 ta svetofor ishorasiga boʻysunmaslik, 441 625 ta qoidabuzar piyodalar, 409 576 ta hujjatlarsiz boshqarish holatlari aniqlandi.
Yigirma va undan ortiq marotaba qoidabuzarlik sodir etgan 4 035 nafar haydovchilarning yashash manzillarida mahalla faollari ishtirokida targʻibot muhokamalari oʻtkazildi.
Toshkent shahridagi tirbandlikni oldini olish maqsadida, 47 ta chorrahalarda svetoforlarning yonish vaqti transport oqimidan kelib chiqib optimallashtirildi, sutkaning tigʻiz vaqtlari yuk avtomobillari harakati cheklandi, poytaxtning 27 ta muammoli chorrahalari boʻyicha loyihalar ishlab chiqildi, 2 ta yer osti va yer usti piyodalar oʻtish joylari qurib bitkazildi.
2025-yilning 9 oyida respublikadagi jiddiy oqibatlar bilan bogʻliq hodisalari (har 10 ming transport vositasiga nisbatan oʻlim bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari) soni 11,9 foizga yoki (2,8 tadan
2,4 taga) kamayishiga erishildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
