Agentlik tarixi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy öquv yurtlarining kunduzgi bölimlariga qabul qilişni takomillaştiriş töğrisida” 1992-yil 11-martdagi PF-361-son farmoni mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalariga qobiliyatli yoşlarni tanlab oliş sohasida taʼlimdagi tub islohotlarni boşlab berdi.
Dastlab respublikamizning 6 ta oliy taʼlim muassasasida test sinovi asosida öqişga qabul qiliş tajribadan ötkazilgan edi.
Test tizimi 1992-yilda ikki variantli modellari hamda çeklangan hajmdagi test materiallaridan taşkil topgan universal savollar kitobçasi bilan boşlangan edi.
1992-yilda testlar ikki variantli (A, B) bölib, ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo, xorijiy tillar böyiça 50 tadan savoldan taşkil topgan. Abituriyentlar taʼlim yönalişiga qarab 3 tadan fanni tanlaganlar.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq 1992-yil 9-aprelda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi oliy öquv yurtlarining kunduzgi bölimlariga qabul qiliş böyiça eksperimentni taşkil etiş va ötkaziş töğrisida”gi 181-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda Özbekiston Respublikasi oliy öquv yurtlarining kunduzgi bölimlariga qabul qiliş böyiça eksperimentni taşkil etiş va ötkaziş belgilandi hamda 1992-yil 15-apreldan Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy öquv yurtlarining kunduzgi bölimlariga abituriyentlar tanlaş böyiça Respublika markazi taşkil etildi. Markaz zimmasiga oliy öquv yurtlariga talabalar tanlab oliş böyiça yagona davlat siyosatini amalga oşiriş va oliy öquv yurtlariga öqişga kirayotgan yoşlar uçun yagona mezonlar joriy etiş, qabul va test texnologiyasi qoidalarini, eng qobiliyatli yoşlarni qidirib topiş metodlarini işlab çiqiş kabi vazifalar yuklatildi.
1993-yilda mavjud 46 ta oliy taʼlim muassasasining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari ötkazildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi taşkil etiş töğrisida” 1994-yil 14-maydagi 258-son qarori bilan Oliy öquv yurtlarining kunduzgi bölimlariga abituriyentlar tanlaş böyiça Respublika markazi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi.
Davlat test markazi zimmasiga oliy va örta maxsus öquv yurtlarida test sinovlarini taşkil etiş va ötkaziş yuklatildi.
1994-yildan boşlab oliy öquv yurtlarida abituriyentlar bilimiga baho berişning test usulini qöllagan holda tanlaş amaliyotga joriy etildi.
1993–1994-yillarda testlar ikki variantli (A, B) bölib, kunduzgi va keçki bölimlar uçun ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, xorijiy tillar böyiça 48 tadan savollar, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo böyiça 72 ta savoldan taşkil topgan.
Örta maxsus öquv yurtlarida test sinovlari natijalari böyiça abituriyentlar tanlaş 1994-yilda ayrim örta maxsus öquv yurtlariga, 1995-yildan boşlab esa — idoraviy böysunuvidan qatʼi nazar, barça örta maxsus öquv yurtlariga joriy etildi.
1995-yilda testlar 3 variantli (A, B, C) bölib, ona tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, geografiya, xorijiy tillar, özbek tili, rus tili böyiça 36 tadan savoldan taşkil topgan. Kam miqdordagi variantda yetarliça çeklangan hajmdagi test materiallaridan foydalaniş bilimlar darajasini baholaş, aniqlaşda xolislik va muvofiqlik, moslikni taʼminlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qiliş tartibini murakkablaştirdi.
1996-yilda oliy va örta maxsus öquv yurtlari qabuli jarayonidagi test sinovlarida test topşiriqlari variantlarini taʼlim yönalişlari, mutaxassisliklar va taʼlim tillari böyiça kompyuter yordamida generatsiyalaş (tuziş)ga asoslanuvçi yangi, köpvariantli test tizimi yaratildi va qöllandi. Uşbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat test markazi tarkibida kadrlar tayyorlaş sifatini nazorat qiliş, pedagog kadrlar va ta’lim muassa
