Chet tillaridan sertifikat imtihonlari bölib ötmoqda

Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati boşqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etiş hamda avvaldan şakllangan davlat xizmatlarini körsatiş bölib, bunda davlat va fuqaro örtasidagi şaxsiy aloqa minimallaştirilgan böladi va axborot texnologiyalaridan maksimal darajada foydalaniladi. Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida «Elektron hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim davlat tuzilmalarini boşqarişni, davlat va tadbirkorlar örtasidagi aloqani mustahkamlaş orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirişni ta'minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali hammabop interaktiv şaklda taqdim etiş imkonini ham yaratadi.
Mamlakatimizda ham bir neça yillardan buyon, maqsadli ravişda interaktiv davlat xizmatlarini aholi va yuridik şaxslarga davlat organlari veb-saytlari va Özbekiston Respublikasi Hukumat portali orqali taqdim etiş uçun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda.
Mamlakatning 2012-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi yakunlari va 2013-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlariga bağişlangan 2013-yil 18-yanvardagi Hukumat majlisida Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatda «Elektron hukumat» tizimini şakllantiriş Konsepsiyasi va kompleks dasturini işlab çiqiş muhimligini qayd etib ötgandi.
Davlat organlari rahbarlari va mutaxassislaridan tuzilgan maxsus işçi guruhi tomonidan mazkur yönalişda dunyo yetakçisi bölmiş Korea Respublikasi va boşqa xorijiy mamlakatlarning «elektron hukumat» borasidagi ilğor tajribalarini inobatga olinib, «Elektron hukumat» tizimini şakllantiriş böyiça Konsepsiya va Kompleks dasturni, şuningdek, 2013-2017-yillarda Özbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantiriş Kompleks dasturini işlab çiqiş amalga oşirilmoqda.
Loyihalarni işlab çiqişda korealik va boşqa xorijiy ekspertlar faol qatnaşmoqdalar, uşbu yönaliş böyiça Özbekistonning turli vazirliklari va idoralari mutaxassislari bilan davra suhbatlari, uçraşuvlar, seminarlar va yiğilişlar ötkazilapti.
«Elektron hukumat» tizimini şakllantiriş böyiça Konsepsiya va Kompleks dastur davlat organlarining özaro va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan munosabatlarining bugungi holati va yönalişlarini inobatga olgan holda, «Elektron hukumat» tizimini şakllantiriş va rivojlantiriş böyiça asosiy vazifalarni belgilaydi. «Elektron hukumat» tizimini joriy etiş böyiça taklif etilayotgan çora-tadbirlarning samaradorligini baholaş uçun davlat organlari interaktiv xizmatlarining turli sohalari va yönalişlari böyiça maqsadli körsatkiçlar va indikatorlar işlab çiqilgan.
«Elektron hukumat» tizimi joriy etilişi natijasida töliq tranzaksiyalangan xizmatlarga ötilişi kutilmoqda, bu esa, aholi va biznes vakillarining davlat xizmatidan foydalanişda turli instansiyalarga qatnaşni va davlat xizmatçilari bilan bevosita muloqotda bölişni istisno etadi. Bu, öz navbatida, aholiga qöşimça qulayliklar yaratişga va biznes yuritiş şaroitlarini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Bugungi kunda, «Elektron hukumat»ning samarali unsurlari sifatida, 20 dan oşiq loyihalar amalga oşirildi. Ular sirasida:
Gov.uz Özbekiston Respublikasi Hukumat portali, u taşkilotlar, şuningdek, yuridik şaxslar va jismoniy şaxslar örtasidagi elektron-axborot munosabatlari infratuzilmasining tizim taşkil etuvçi unsuri sanaladi. Har qanday fuqaro yoki korxona, taşkilot, muassasa vakili bu yerdan Özbekiston davlat hokimiyatining barça unsurlari haqida töliq ma'lumot olişi, şuningdek, bevosita gov.uz portali orqali u yoki bu hokimiyat organiga elektron şaklda rasmiy sörov yuborişi mumkin. Bu portalda, şuningdek, Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari töliq reestri çop etilgan.
«e-kommunal.uz» portali – kommunal xöjalik sohasidagi umumiy axborot infratuzilmasi bölib, aholi, nazorat organlari va uy-joy mulkdorlari şirkatlari, şuningdek, kommunal xizmatlar örtasida axborot almaşinuvini soddalaştiradi. Uşbu portalda qulay şaklda Özbekiston uy-joy va kommunal xöjalikka oid barça masalalar böyiça ma'lumotlar joylaştirilgan. Har bir xohlovçi portalda kommunal xöjalik borasidagi u yoki bu muammo haqida axborot, fotosurat joylaştiriş mumkin, bu muammolar davlat hokimiyatining tegişli organlari tomonidan örganib çiqiladi.
Statistika, soliq va boşqa moliyaviy hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan elektron körinişda yiğiş va qayta işlaş tizimi (stat.uz, soliq.uz). Davlat soliq qömitasi saytida istalgan soliq tölovçi, ham yuridik, ham jismoniy şaxs maslahat oliş, elektron körinişda soliq hisoboti yoki daromadlar haqida deklaratsiya topşiriş yoki öz STIRini tasdiqlaş kabi qator xizmatlardan foydalanişi mumkin. Davlat statistika qömitasi sayti orqali har bir tadbirkorlik subyekti statistik hisobotni elektron körinişda topşirişi mumkin.
25 mingdan ziyod me'yoriy hujjatlarni erkin foydalaniş uçun yiğgan Özbekiston Milliy qonunçilik bazasi (lex.uz). Lex.uz milliy tizimining asosiy maqsadi aholining huquqiy madaniyatini yuridik va jismoniy şaxslarning me'yoriy-huquqiy hujjatlardan keng foydalanişini ta'minlaş orqali yuksaltiriş, aholini huquqiy axborot bilan ta'minlaşni takomillaştirişdan iborat.
Elektr energiya iste'molçilarining har biri uçun öz şaxsiy ma'lumotlaridan foydalanişini ta'minlovçi elektrenergiya iste'molçilari şaxsiy kabinetlari (uzbekenergo.uz).
Çet el fuqarolarining Özbekistonga viza rasmiylaştirişlari uçun onlayn-sörovnoma (mfa.uz). Tizim Özbekiston taşqi işlar vazirligi veb-saytining bir qismi bölib, hozirda özbek, ingliz va rus tillarida işlamoqda.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari va ruxsat beriş taomillari röyxati, litsenziya, ruxsatnoma va boşqalarni oliş uçun talab qilinadigan hujjatlar haqida axborot oliş imkonini beruvçi umumiy litsenziyat portali (license.uz). Özbekistonda litsenziyalanadigan faoliyat turlari röyxati muntazam qisqarmoqda va ularni oliş taomili soddalaşmoqda. Uşbu loyiha barça axborotni oliş va zarur litsenziyalarni olişdagi qoğozbozlik darajasini qamaytiriş imkonini beradi.