Milliy sertifikat imtihonlari bölib ötmoqda
2026-11-24 22:45:00 / Yangiliklar

Imtihonlar 2026-yil 21–24-noyabr kunlari agentlikning respublikadagi barça hududiy bölimlari binolarida va Toşkent şahrida taşkil etildi. Talabgorlarga özi yaşaydigan hududlarga yaqin joyda, zamonaviy infratuzilmaga ega va qulay şart-şaroitlarda imtihon topşiriş imkoniyati yaratildi.
Biologiya, kimyo va fizika fanlaridan ötkazilgan imtihonlarda jami 95 ming nafardan ziyod talabgor iştirok etdi va ulardan 37 nafari amaldagi tartib-qoidalarga amal qilmagani uçun jarayondan çetlatildi.
Eslatib ötamiz: matematika fanidan imtihonlar 2026-yil 28–30-noyabr kunlari bölib ötadi.
Talabgorlar imtihon ötkaziladigan binolarga faqat şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta)ning asl nusxasi bilan kiritiladi.
Ruxsatnomada belgilangan vaqtdan keçikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uçun qöşimça imtihon ötkazilmaydi. Test topşiruvçilardan imtihon ötkaziladigan binolarga ortiqça narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va şunga öxşaş) olib kelmaslik söraladi.



