Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
2026-11-20 21:45:00 / Yangiliklar
2026-yil 23–26- va 31-oktabr kunlari ötkazilgan geografiya, ona tili (özbek, rus, qoraqalpoq tili) va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar öz natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bölimi orqali bilişlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olişlari mumkin.
Test natijalari xalqaro metodika – Raş modeli asosida hisoblangan bölib, talabgorlarga töplagan bali asosida quyidagiça sertifikat taqdim etiladi:
– 70 balldan yuqori – A+ daraja;
– 65–69,9 ball – A daraja;
– 60–64,9 ball – B+ daraja;
– 55–59,9 ball – B daraja;
– 50–54,9 ball – C+ daraja;
– 46–49,9 ball – C daraja.
Öz natijasidan norozi bölgan talabgorlar 5 kun içida my.gov.uz sayti orqali apellyatsiya şikoyati berişlari mumkin. Apellyatsiya arizalari arizalarni qabul qiliş töliq yakunlangandan söng ikki hafta içida körib çiqiladi.
