Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari böyiça ma’lumot
2026-11-20 13:40:00 / Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq test natijalari ular yakunlangan kundan boşlab 21 iş kunidan keçikmay xalqaro metodika – Raş modeli asosida hisoblanadi va e’lon qilinadi.
Unga köra imtihon natijalari noyabr oyining oxirida e’lon qilinişi kerak bölsa-da, talabgorlarga qulaylik yaratiş maqsadida natijalarni ertaroq e’lon qiliş va şundan söng navbatdagi imtihon uçun talabgorlarni röyxatga olişni boşlaş böyiça işlar amalga oşirilmoqda.
2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (özbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari kun yakuniga qadar my.gov.uz saytida e’lon qilinadi.
Uşbu fanlardan navbatdagi imtihonda iştirok etiş istagini bildirgan talabgorlar 21-noyabrdan 4-dekabrga qadar my.gov.uz sayti orqali onlayn röyxatdan ötişi va 5-dekabr kuniga qadar tölovni amalga oşirişlari mumkin böladi.
2026-yilning 2-yarmida imtihon ötkaziladigan sanalarni oldindan aniq belgilaş va imtihonlarni sifatli taşkil etiş maqsadida hududlar böyiça ötiriş örinlari sonini belgilaş va şundan kelib çiqqan holda talabgorlarni röyxatga oliş belgilangan edi.
Lekin uşbu holat köpçilik tomonidan notöğri talqin qilinayotgani sababli navbatdagi milliy sertifikat imtihoni uçun talabgorlarni röyxatga oliş örinlar soni belgilanmagan holda amalga oşirilişi belgilandi.
Şu sababli imtihonlar qaysi sanada ötkazilişi talabgorlarni röyxatga oliş yakunlangandan söng ularning soni va hududlar kesimidagi taqsimotidan kelib çiqqan holda belgilanadi va imtihon boşlanişidan 7 kun oldin e’lon qilinadi.
